Asosiy mazmunga o'tish
Socialift
Kompaniya

Socialift haqida

Socialift — Instagram, Facebook, LinkedIn, TikTok va Telegram API'lari bilan ishlash uchun Python SDK va veb-kabinet taqdim etuvchi mahsulot. Biz CRM yoki ijtimoiy tarmoq boshqaruv paneli emasmiz: bizning vazifamiz — sizning mahsulotingiz bu platformalar bilan ishonchli gaplashishi uchun kerakli qatlamni berish.

Yangilangan:

Socialift nima?

Socialift — dasturchilar uchun integratsiya qatlami. U Instagram, Facebook, LinkedIn, TikTok va Telegram API'larini hamda Meta Marketing API'ni bitta asinxron Python SDK va veb-kabinet ostida birlashtiradi: OAuth va ulanishlar, kontent, Direct suhbatlari, Telegram guruh va kanallari, reklama va targeting, Lead Ads va webhook imzosini tekshirish. Kabinetning API Playground bo'limida har bir metodni kod yozmasdan sinash mumkin. SDK litsenziya kaliti asosida ishlaydi va birinchi oy bepul.

Nima uchun bu kerak bo'ldi

Meta, LinkedIn, TikTok va Telegram API'larida amalda ko'p nozikliklar bor. Instagram Direct uchun avval ikki yo'ldan birini tanlash kerak — Facebook Login (Page va Page token) yoki Instagram Login (Page'siz) — va har birining o'z ruxsatlari, tokenlari va 24 soatlik javob oynasi bor. Webhooklar qayta yuborilishi mumkin va imzo xom tanadan tekshiriladi. TikTok'da access token 24 soat yashaydi va yangilashda yangi refresh token qaytishi mumkin.

Har bir jamoa bu bilimni qaytadan to'plashi — vaqt isrofi. Socialift shu murakkablikni bir joyga to'plash va uni barqaror interfeys ortiga yashirish uchun qurilgan.

Biz qanday tamoyillarga amal qilamiz

Faqat platforma ruxsat bergani
Biz platformalar qoidalarini chetlab o'tadigan imkoniyatlarni taklif qilmaymiz. Masalan, LinkedIn xabarlar API'sini faqat tasdiqlangan hamkorlarga beradi — shuning uchun Socialift'da LinkedIn yozishmalari yo'q.
Rasmiy hamkorlik da'vosi yo'q
Socialift Meta, LinkedIn, TikTok yoki Telegram'ning rasmiy hamkori emas. Biz ularning ochiq API'lari bilan integratsiya qilamiz — bundan ortig'ini da'vo qilmaymiz.
Ma'lumot sizniki
Ijtimoiy tarmoq tokenlari va ilova kalitlaringiz shifrlangan holda saqlanadi va faqat sizning ulanishlaringiz uchun ishlatiladi: siz so'ragan amallar va obuna qilingan webhook hodisalarini (masalan, yangi Lead Ads lead'ini olish) qayta ishlash uchun.
Uch til
Sayt va hujjatlar o'zbek, rus va ingliz tillarida; kabinet interfeysi hozircha o'zbek tilida. Qo'llab-quvvatlash uch tilda.

Kimlar uchun

O'z CRM yoki ichki tizimini ishlab chiqayotgan jamoalar; mavjud CRM'ga ijtimoiy tarmoq kanalini qo'shayotgan integratorlar; mijozlar uchun avtomatlashtirish quradigan agentliklar; va Instagram orqali sotuvni tizimlashtirmoqchi bo'lgan bizneslarning texnik bo'limlari.

Ko'p so'raladigan savollar

Socialift CRM yoki SMM panelining o'rnini bosadimi?

Yo'q. Socialift CRM ham, ijtimoiy tarmoq boshqaruv paneli ham emas — u sizning mahsulotingiz platformalar bilan gaplashadigan integratsiya qatlami. Bitimlar, vazifalar va hisobotlar sizning tizimingizda qoladi; kontent-kalendar interfeysi yoki no-code chatbot konstruktori yo'q.

Python SDK va veb-kabinetning farqi nima?

SDK (pip install socialift) sizning ilovangiz ichida ishlaydi va hech narsa saqlamaydi: token, sessiya va ma'lumotlar sizning tizimingizda qoladi. Veb-kabinet esa akkaunt ulash, o'z app kalitlaringizni qo'shish, 191 metodli Playground va foydalanish statistikasini beradi; u ulangan akkaunt tokenlarini serverda shifrlab saqlaydi.

Qaysi mamlakatlarda ishlaydi?

Xizmat internet orqali ishlaydi va mintaqaga bog'liq emas. Sayt va qo'llab-quvvatlash o'zbek, rus va ingliz tillarida, kabinet interfeysi hozircha o'zbek tilida.

Bog'lanish uchun qaysi manzil?

hello@socialift.uz — savollar, texnik yordam va korporativ shartlar bo'yicha.

Manbalar

  1. Meta: Instagram Platform — umumiy ko'rinish
  2. Meta: Webhooks — boshlash
  3. TikTok: foydalanuvchi access tokenini boshqarish
  4. LinkedIn: Messages API

Bog'liq sahifalar