CRM'ingiz uchun ijtimoiy tarmoq API qatlami
Socialift — CRM va ijtimoiy tarmoqlar o'rtasidagi integratsiya qatlami: Instagram, Facebook, LinkedIn, TikTok va Telegram API'lari uchun Python SDK va veb-kabinet. Backendingiz SDK orqali suhbatlar, leadlar va izohlarni o'qiydi, platforma webhooklarini tayyor yordamchilar bilan tekshiradi va ma'lumotni CRM API'siga yozadi — har bir integratsiyani noldan yozmasdan.
Yangilangan:
Ijtimoiy tarmoq integratsiya qatlami nima?
Integratsiya qatlami — CRM bilan tashqi platformalar o'rtasida turadigan dasturiy vositachi. U har bir tarmoqning o'z API'si, autentifikatsiyasi, limitlari va hodisa formatini yashiradi va CRM'ga yagona, barqaror ma'lumot oqimini beradi. Natijada CRM jamoasi Meta Graph API'sining tafsilotlarini o'rganishi shart emas.
Har bir platformani alohida ulash qimmatga tushadi: har birining o'z ulanish usuli, xato modeli, rate-limit siyosati va doimiy o'zgarib turuvchi hujjatlari bor. Qatlam bu murakkablikni bir joyga to'playdi.
CRM tomonida esa faqat bitta narsa qoladi — hodisani o'z obyektlaringizga moslash: suhbat kimga biriktiriladi, lead qaysi voronkaga tushadi, izoh vazifa yaratadimi.
Qatlam nimani hal qiladi
Yagona ulanish
Barcha klientlarda bir xil sxema — login_url() → exchange_code() → TokenBundle (access_token, expires_in, refresh_token). Telegram telefon kodi yoki BotFather tokeni bilan ulanadi. Token muddati va bekor qilish platformaga qarab farq qiladi.
Normallashtirilgan Meta hodisalari
parse_events() Instagram va Facebook webhooklarini (xabar, izoh, leadgen) bitta WebhookEvent shakliga keltiradi; TikTok uchun parse_tiktok_event(), Telegram update'lari Bot API formatida qoladi.
Barqaror shartnoma
Har bir amal uchun bitta metod imzosi; platforma API versiyalariga o'tish SDK relizlarida chiqadi, graph_version= / api_version= bilan versiyani o'zingiz belgilashingiz mumkin.
Webhook xavfsizlik yordamchilari
verify_request / verify_tiktok_request / verify_telegram_request kiruvchi imzolarni tekshiradi, dedupe_key() barqaror kalit beradi, RetryPolicy API chaqiruvlarini 429/5xx da takrorlaydi. Saqlash va navbat — backendingizda.
Kuzatuv
Panelda so'rovlar va xatolar soni, SDK va Playground/API chaqiruvlari alohida, kunlik dinamika va eng ko'p ishlatilgan endpointlar.
Uch til
Hujjatlar va qo'llab-quvvatlash o'zbek, rus va ingliz tillarida.
Har bir kanal nima beradi
| Kanal | Suhbatlar | Leadlar | Kontent | Webhook |
|---|---|---|---|---|
| borDirect | borLead Ads | borpostlar, karusel, izohlar | bor | |
| yo'q | borLead Ads | borpostlar, izohlar | bor | |
| yo'q | yo'q | borpostlar | yo'q | |
| TikTok | yo'q | yo'q | borvideo, foto karusel, izohlar | bor |
| Telegram | borakkaunt va bot | yo'q | borkanal va guruh xabarlari | borbot |
boryo'qJadvalni yon tomonga suring
Izohlar va cheklovlar
Jadval Socialift hozir qo'llab-quvvatlaydigan imkoniyatlarni ko'rsatadi. TikTok izohlari faqat Business akkauntda ishlaydi. LinkedIn'ning Messages API va Lead Sync API'si faqat tasdiqlangan hamkorlarga ochiq, shuning uchun Socialift ularni taklif qilmaydi.
CRM'ga ulash tartibi
Kanallarni tanlang
Odatda mijoz murojaatlari eng ko'p tushadigan kanaldan boshlanadi — ko'pincha bu Instagram Direct va Lead Ads.
Ilova va ruxsatlarni tayyorlang
Ruxsatlar ro'yxatini kanal tanloviga qarab minimal darajada saqlang — App Review osonlashadi. O'z Meta, LinkedIn, TikTok yoki Telegram ilovangiz kalitlarini panelning «Kalitlar» sahifasiga qo'yishingiz mumkin: ular shifrlanadi va provayderda bir bosishda tekshiriladi.
Token oling va SDK'ni ulang
Google bilan kiring, slk_ kalitini oling va pip install socialift bilan o'rnating.
Webhook qabul qiluvchisini yozing
Imzoni tekshiring, 200 qaytaring, ishlovni navbatga qo'ying.
Hodisalarni CRM obyektlariga moslang
Suhbat → kontakt va bitim, lead → lead, izoh → vazifa. Bu bosqich integratsiyaning asosiy qiymati.
KPI o'rnating
Birinchi javob vaqti, lead soni va manba bo'yicha konversiya — integratsiya samarasini shu ko'rsatkichlar bilan o'lchang.
Ko'p so'raladigan savollar
Socialift CRM tizimimi yoki CRM uchun qo'shimchami?
Socialift CRM emas. U integratsiya qatlami: backendingiz Python SDK orqali ijtimoiy tarmoqlardan ma'lumot o'qiydi va CRM'ingizga yozadi. Bitimlar, vazifalar va hisobotlar CRM'ingizda qoladi.
Tayyor CRM'lar uchun plaginlar bormi?
Yo'q. amoCRM, Bitrix24 yoki boshqa CRM uchun tayyor konnektor yo'q. Backendingiz Python SDK orqali ma'lumot oladi va CRM API'si orqali yozadi, shuning uchun API'si bor har qanday CRM mos keladi.
Omnikanal inboxni o'zim qursam bo'ladimi?
Ha, va ba'zi hollarda bu to'g'ri qaror. Qatlamdan foydalanish mantiqiy bo'ladigan holat — bir nechta platforma, doimiy API o'zgarishlari va yetkazish ishonchliligi muhim bo'lganda.
Ma'lumotlar qayerda saqlanadi?
Kabinetda («Ulanishlar») ulangan akkaunt tokenlari serverda shifrlangan holda saqlanadi va brauzerga yuborilmaydi. Python SDK hech narsa saqlamaydi: tokenlar va ma'lumotlar o'z bazangizda turadi. Batafsil — maxfiylik siyosatida.