Maxfiylik siyosati
Socialift foydalanuvchilarning maxfiyligini hurmat qiladi. Ushbu siyosat Socialift sayti, kabineti va SDK litsenziya xizmati qanday ma'lumot to'plashini, u nima uchun ishlatilishini, ulangan akkaunt tokenlari qanday saqlanishini va ma'lumotni o'chirishni qanday so'rash mumkinligini tushuntiradi.
Yangilangan:
Qanday ma'lumot to'playmiz
Hisob: Google orqali kirsangiz — email, ism va profil rasmi; email bilan ro'yxatdan o'tsangiz — email, ism va parol (xeshlangan holda).
Texnik ma'lumotlar: sayt tashrifchilari uchun IP manzil, brauzer va qurilma turi, til, vaqt zonasi, ekran o'lchami, referrer va sahifa; SDK litsenziyasi faollashganda qurilma identifikatori, SDK va Python versiyasi hamda IP manzil; kabinet va API chaqiruvlari soni endpoint bo'yicha.
To'lovlar: hisob to'ldirish so'rovlari, o'tkazma summasi va vaqti hamda balans tranzaksiyalari.
Ulangan akkauntlar orqali olinadigan ma'lumotlar: profil ma'lumotlari, Lead Ads lead'lari (ism, telefon, email, forma javoblari va reklama konteksti) va obuna qilingan webhook hodisalari (izohlar, xabarlar, Telegram bot yangilanishlari) — xizmatni ko'rsatish uchun serverda saqlanadi.
Ma'lumotdan foydalanish
Ma'lumotlaringiz xizmatni taqdim etish, hisobingizni boshqarish va qo'llab-quvvatlash uchun ishlatiladi; texnik ma'lumotlar xavfsizlik va statistika maqsadida ham qo'llaniladi.
Biz sizning ma'lumotlaringizni uchinchi tomonlarga sotmaymiz.
Ijtimoiy tarmoq tokenlari
Siz ulagan ijtimoiy tarmoq (Instagram, Facebook, LinkedIn, TikTok, Telegram) tokenlari, shu jumladan Telegram akkaunt sessiyalari va bot tokenlari, serverda shifrlangan holda saqlanadi, brauzerga yuborilmaydi va faqat siz so'ragan amallar hamda obuna qilingan webhook hodisalarini qayta ishlash (masalan, yangi Lead Ads lead'ini olish) uchun ishlatiladi.
Panelning «Kalitlar» sahifasiga o'z dasturchi ilovangiz kalitlarini (Meta, Instagram Login, LinkedIn, TikTok, Telegram api_id/api_hash) qo'shsangiz, ularning maxfiy qismlari ham shifrlangan holda saqlanadi va faqat sizning ulanishlaringizni ishlatish, kalitni provayderda tekshirish va ilovangiz webhooklari imzosini tekshirish uchun qo'llaniladi.
Akkauntni uzish va ma'lumotni o'chirish
Akkauntni kabinetda uzganingizda u nofaol qilinadi; unga bog'langan lead va kontent yozuvlari saqlanib qoladi. Ma'lumotlarni to'liq o'chirishni hello@socialift.uz orqali so'rashingiz mumkin.
Aloqa
Savollar uchun: hello@socialift.uz